avatar
Куч
0.20
Рейтинг
+0.08

Мақолалар

MENING BOBOM VA BUVIM - MAHALLAMIZ FAXRI mavzusida insho

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
MENING BOBOM VA BUVIM MAHALLAMIZ FAXRI
REJA:
1. Sho’rqo’rg’on ta’rifi.
2. Uyimiz farishtalari.
3. Har kunlari ibratlidir bobom hayoti.
4. Oppoq sochlariga qiyos buvim ko’ngli.
5. Kekslarni e’zozlash.

Vatan — bu ko’z ochib ko’rgan mo’tabar maskan. Vatan so’zini eshitgan har bir inson qalbida qandaydir hayajon, jo’shqinlik va qandaydir tuyg’ular jumbushga keladi. Vatan ostonadan boshlanadi. Bu so’z zamirida ko’plab ma’nolar yotibdi. Vatan ichra yana kichik Vatanlar mavjud. Mening ham o’z Vatanim O’zbekiston bo’lsa, tug’ilib, voyaga yetgan, otam, onam, voyaga yetgan qishlog’im Sho’rqo’rg’on hisoblanadi. Qishlog’imiz Namagan viloyati, Namangan tumanidagi katta qishloqlaridan biri Sho’rqo’rg’on, shunday jannatmakon maskanki, uni tariflash, tavsiflash uchun juda katta mahorat ham kamlik qiladi. Go’yo erta tongdan quyosh go’zal qishlog’imizga o’z nurlarini beminnatgina sochar ekan, huddi unga hamrohdek bulbullar honishi, suvlar sharqirashi bu go’zallikga yana go’zallik qo’shib turgandek.

MENING BOBOM VA BUVIM - MAHALLAMIZ FAXRI mavzusidagi insho

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
MENING BOBOM VA BUVIM — MAHALLAMIZ FAXRI.

REJA:

1. El ardog`idagi azizlarning ardoqlisiman.
2. Buvijonim qo`li yengil shifokor, chevar-u chechan, shirinso`z va mehribon edilar.
3. Baxtimga bor bo`lsin, bebaho davlatim bobom.
4. Faraxbaxsh onlarda e`zozdasiz aziz keksalar.

O`ylaylik xotira qolsinmi bizdan,
Uzoqroq tikilgin o`zingga odam.
(Sh.Rahmon)

Yaxshi niyat ila ulug` yo`llarda bardavom borayotgan elimizda amalga oshirilayotgan oqilona islohotlardan bugun barchaning ko`ngli to`q. O`zbekiston eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo`sha olgan Yurtboshimizning bunyodkor faoliyatlariga labbay deya javob berayotgan yosh avlodning qalbida aslo g`am-tashvish yo`q. Yurtboshimiz Islom Karimov tomonlaridan amalga oshirilayotgan eng dono tadbirlardan biri — bu har bir yilning o`zgacha nomlanishidir. Buyuk Yo`lboshchimiz tomonlaridan 2015-yil “Keksalarni e`zozlash yili” deya e`lon qilindi. Bugun bu dasturning ifodasi sifatida qariyalarga cheksiz ehtirom-u e`zoz, hurmat har qachongidanda yuksk. Bugun mening bobom ham aziz insonlarning e`zozida, ehtiromida keksalik gashtini surmoqda. Buvijonim esa har nafasda mehr-muhabbat ummonidan bahra olib, yuzlaridan nur yog`ilgan farishtay-u hurliqodek zebo ayollardan edilar.
Mehr olam uyining sinchi bo`lib, u yurakning eng chuqur yerida yashaydi. Ko`z qorachig`ida yorqinlanadi, nainki, so`zda, butun faoliyatda, har bir harakatda o`z ifodasini topadi. Xotiralar muqim har nafas. Eh o`tkinchi dunyolar tan-u jonga vafo qilmadimi, aziz inson nomidan yaxshilik-u ezgulik faqat yaxshi xotiralar qolsa bas. Ana shu shior ila bobom qaynoq qalb-la qalqon bo`lib, qutlug` qo`rg`onimiz- qishlog`imizning gullab-yashnashi, yuksalishi, chiroy ochishi uchun tolmay harakat qilmoqdalar. Muqaddas kitoblarda aytilishicha:

MENING BOBOM VA BUVIM - MAHALLAMIZ FAXRI

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
MENING BOBOM VA BUVIM — MAHALLAMIZ FAXRI.
 
REJA:
 
1.       Qishlog’im faxrim — mening.
2.       Mehr ildiz otgan joy.
3.       Izzat-u hurmatga munosib zotlar.
4.       Keksalarni e’zozlab.
5.       Mehribonlarim.
6.       Xulosa.
                                          
       Sochlariga oq oralab ketmagin,
                                                            Sirlarimni eshitguvchi nur gavharim.
                                                          Qalam qoshli mehribonim,
                                                       Sog’inganda eslaguvchi buvijonim.
                                                                                                    (Oz ijodimdan)
 
Sho’rqo’rg’on — She’rqo’rg’on. U qadimiy qishloq. Chor atrofi daryolar bilan o’ralgan qishloq. Qishlog’imiz tabiati rang-barang. Havosi musaffo, toza, iqlimi yaxshi. Men shu Sho’rqo’rg’on qishlog’ida tug’ilganimdan qo’rqmasdan, hech ikkilanmay faxrlanaman deb, ayta olaman. Qishlog’imiz – “Norin” daryosi bo’yida joylashgani bizning, ota-bobolarimizning baxtidir. Ha, aytgancha qishlog’imiz “Gullar shahri — Namanganning” eng mashhur qishloqlaridan biridir desam, hech adashmagan bo’laman. Bunga sabab shuki, qishlog’imizdan juda ko’plab olimlar-u, shoirlar va albatta O’zbekistonni dunyoga mashhur qilayotgan sport ustalari yetishib chiqqan. Bu yerdagi o’rta maktabni tugatib, yuzlab o’quvchilar oliy, o’rta maxsus o’quv yurtlariga kirishmoqda. U yerlarni bitirgan insonlar turli sohalarda faoliyat ko’rsatib kelishmoqda. Qishloq ahli tibbiyot fanlari doktori, professor Ne’matjon Qurbonov, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Sodiqmirza Abdullayev, texnika fanlari nomzodi Matluba Sayfiyeva kabi olimlar, sport ustasi Usubjon Mamadaliyev kabi insonlar bilan faxrlanadi.
Sho’rqo’rg’onning eng muhim belgisi she’rqo’rg’onligidir. Qishlo’g’imiz o’nga yaqin yoki undanda ko’proq qalamkashlarga ega. O’ktam Mirzo (Oktyabr Bobonazarov), To’xtaxon  Rahimova, Sanobar Bobonazarov, O’ktamxon Xoldarova, Nosirjon Jo’rayev va boshqalar qishlog’imiz qalamkashlaridir. Ularning mehnatlari, ijodlarining mavzulari rang-barang. Vatanni sevish, keksalarga hurmat, sof insoniy muhabbat, tabiat go’zalliklaridan bahra olish, Navro’z shodiyonasi, mustaqillik faxri, qalamkashlar ijodining asosiy mavzularini tashkil etadi va ilhomlantiradi. Men esa shu qishloqda joylashgan 8-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida tahsil olmoqdaman. Maktabimiz tuman, viloyatdagi eng oldi maktablardan biri hisoblanadi. Buni albatta o’z sabablari bor. Maktabimiz o’qituvchi va o’quvchilari turli musobaqalarda faol qatnashib kelishmoqda. O’qituvchilarimiz “Xalq ta’limi a’lochisi”, “Ijodkor oqituvchi”, “Yil oqituvchisi” va boshqa unvon sohiblari. Bulardan Ra’noxon Haydarova, Habiba Badalova, Dilorom Sotiboldiyeva, Maqsuda Abdullayeva, Kimyoxon Qoraboyeva va boshqa ustoz-murabbiylarimiz shunday unvonlar sohiblari. O’quvchilarimiz turli tanlov va musobaqalarda tuman, viloyat va hatto respublikada ham qatnashib faxrli o’rinlarni egallashgan. Biz bundan juda faxrlanamiz.
Hammamizga ma’lumki, davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonlaridan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 22-yilligiga bag’ishlangan tantanada yangi kirib kelgan yilni ya’ni 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qildilar. Donishmand xalqimiz hamisha ezgulikka va yaxshiliklarga intilib yashaydi. Bu bizning qon-qonimizga singib ketgan. Ayniqsa, mehrli bo’lish, ota-onani hurmat qilish, bobo va buvijonlarimizni e’zozlashda, qadrlashda, ularga g’amxo’rlik ko’rsatish ibratli fazilat deb bilishimiz lozim. Men ham shunday qilaman.
2015-yilning “Keksalarni e’zozlash yili” deb nomlanishi jamoatchiligimizni, ayniqsa, o’quvchi-yoshlarni yanada quvontiradi. Prezidentimiz aytganlaridek “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qariyalar — xonadonlarimizning farishtasi” deb hech ham yanglishmaydilar. Shunday ekan, xonadonimiz ko’rki, fayz-u barokati bo’lgan bobojon va buvijonlarimizning ckeksiz mehri bizga hamisha qanot, qalbimizni doimo yuksaklarga, chorlashi shubhasiz. Zero, mehr ildiz otgan xonadonda hamisha izzat-hurmat, ezgulik va ibrat yashaydi. Bolajonlar, do’stlar sizni bog’chadan va maktabdan eng birinchi kutib oladigan, yod olgan qo’shiq, she’r, o’rgangan raqslarimizni miriqib tinglab, tomosha qiladigan, a’lo baholarimizdan o’zimizdan ko’proq suyunadigan, shirin so’zlar bilan nasihat beradigan, har kuni ertak, rivoyat aytib charchamagan, shirinlik, sovg’alar yashirib kutib o’tiradigan, meni, sizni yer-u ko’kka ishonmay “Ko’z tegmasin” deb duo qiladigan, uzoqda bo’lsak kun sanab kelishimizni kutub o’tiradigan, eng ulug’, eng qimmatli, eng mehribon zotlar – bu duogo’ylarimiz bobo va buvijonlarimizdir!
Shunday ekan do’stlar, ularni yanada ardoqlab e’zozlaylik, bizga bergan mehrlaridan-da ko’proq mehr qaytaraylik! Keksa bobo va buvilarni ko’chada ko’rsak yo’l, transportlarda joy beraylik, odob bilan “Assalom-u alaykum” deb salom beraylik. Axir aytishadiku: “Oralaringda salom berishni keng tarqatinglar, bir-biringizga muhabbatingiz ziyoda bo’ladi”. Axir bobo va buvilarimiz izzat-u hurmatga munosib zotlardir. Do’stlarim, qarisi bor uyning parisi, fayzi bor. Yoshi ulug’ keksalari bor xonadonda o’ziga yarasha fayz, qut- baraka bo’ladi. Shuning uchun, bobo, buvijonlarimizning hurmatlarini joyiga qo’yib, ularni o’git-maslahatlariga quloq tutsak, o’qishlarimiz a’lo, ishlarimiz esa unumli bo’ladi. Keksa bobo, buvijonlarimizga yaqindan yordam berib, ko’maklashib, ularning duolarini olsangiz, aslo kam bo’lmaysiz.
Ha, yana bir muhim narsani aytishni unutayozibman, bobo va  buvijonlaringizdan ertak, dostonlar eshitishni aslo unutmang, keyin kech bo’lsa afsuslanasiz. Axir aytishadiku: — “So’nggi pushaymon – o’zingga dushman”. O`zbek xalqi azal-azaldan qariyalarni doimo e`tibordan qo`ymay, ularga g`amxo`rlik qilish haqidagi maqol, hikmatli so’z ma’nolariga alohida e’ibor berib kelmqoda. Zero, bobo-buvijonlarimizni ibratli nasihalari-yu, foydali maslahatlari bizdek yoshlarning hozirdanoq oila ilmini o’rganishimizda beminnat ko’makchidir.
Maktabdan chiqishim bilan bobom va buvim yashaydigan fayzli hovliga shoshaman. Dunyoda eng ulug’, eng mo’tabar zot bu — onadir. Ularni ardoqlash, e’zozlash qon-qonimizga singib ketgan. Mana shunday ekan, shu ulug` zotlarni o`stirgan zot bor, u mo`tabar, munavvar, mehribon zot, onadir. Bizga esa ular qadrli buvijon  bo`lishadi. Istarasi issiq, mehri daryo mehribonlarimdan juda ko`p hayotiy tajribalar o’rganyapman. Qiziq-qiziq hikoyalarni tinglab kun kech bo’lganini sezmay qolardim. Endi esa ertak tinglaydigan yoshdan o’tganman. Bobom uzoq yillar dehqonchilik bilan shug’ullanganlar. Yetmish yoshni qoralaganlarida ham g’ayratlari ichlariga sig’mas edi. Bobom Mamadaliyev Usubjon 1938-yili mening jona-jon qishlog’im Sho’rqo’rg’onda tug’ilganlar. Avval o’qiganlar, so’ngra esa sport bilan shug’ulanganlar.
Bobom O’zbekiston sport ustasidir. Ular borgan har bir musobaqada yutar edilar. Bobom ot minishni yoshliklaridan  boshlaganlar va so’ngra buni qanday maroqli ekanini his qilganlar. Men ham ot minishga juda qiziqaman, axir qonimizda borda. Bobom menga mehnat darslaridan turli xil narsalar yasashga yordam berar edilar va shu tufayli mehnat darsida doimo a’lo baholar olar edim. Ustozim, do’stlarim yasagan narsalarimizni ko’rib maqtashsa xursand bo’laman. O’sha chog’lar mehribonlarimning oldilariga uchib borib, ularning bag’rilariga otilgim, boringizga shukur, degim keladi. Bobom menga ot minishni o’rgatar edilar. Avval juda qo’rqqan edim, keyin esa darrov o’rganib oldim. Hozirda men ham tez-tez ot choptirib turaman. Bobom olgan mukofotlarni sanab sanog’iga yetolmaysiz, diplom, faxriy yorliq va juda ko’plab medallar shodasini olganlar. Men hozir shularni ko’rsam, bobom esimga tushadilar. Buni qarangki, hayotning achchiq kunlarisiz hayot bo’lmas ekan. Shu achchiq hayot mening ham boshimdan o’tdi. Bobom vafot etdilar. Shu kuni bobom meni musobaqalarga olib borgan oti ham keldi, afsus. Tong otmasdan otni ham joni uzildi. Men bunga hech ko’nika olmadim. Mahallamiz ham juda huvillab qoldi. Bobomsiz hech bir tadbir ham o’tmas edi. Ming afsus. Bobom endi yo’qlar. Afsus, mehrlari daryosiga cho’kayotgan edim. Endi esa shu daryodan sug’urib olinganga o’xshayman. Uyimizni fayzi ketgani yo’qliklarida juda bilindi. Shundan so’ng, asta-sekin o’zimni qo’lga oldim. Axir buvim bor edilar.
Buvijonim Mayramxon aya mahallamizning obro’li ayollaridan biri edilar. Har safar buvijonim kelganlarida uyimiz fayzga to`ladi. Ular juda mehribon edilarki, hatto mahallladagilar ham “Buvijon” deb chaqirishar edi. Buvijonim kasblariga sodiq inson edilar. Buvijonimga qarab, siz xonadonimiz farishtasi, qarindosh-urug`lardagi mehr-rishtalarini bir-biriga bog’lovchi, bag’rikeng, oliyjanob insonsiz. Uyumizning ko’rki, davlati bo’lmish buvijonlarimiz omon bo`lishsin! Buvijonimning ko’rgan-kechirganlari bamisoli ertak edi. Betob bo’lsak, holimizdan xabar oladigan mehribon edilar. Buvijonimni har sog’inganimda to’yib-to’yib bag’rimga bosgim keladi. Chunki, mening buvijonimdek mehribon inson dunyoda bitta. Buvijonim mening “Hayotimning gultojisi” desam, hech adashmayman. Shunday mehribon, shirin so’z buvijonim borligidan g’urur bilan faxrlanaman deb ayta olaman. Buvijonim katta nabiralari bo’lganim uchun yoshligimdan erkalab, yaxshi ko’rar edilar. Turli tanlov, musobaqalarga borsam, duo qilib kutadigan, duogo’yim buvijonim edilar. Maktabdan chiqishimni kutadigan ham o’zlari edi. Buvijonim yoshligimdan menga to’g’riso’z  bo’lishimni uqtirar edilar. Buvijonim kasblariga sodiq inson edilar. Sizni hammamiz yaxshi ko’ramiz, deya ularni bag’rilariga singib ketgim keladi. Bugun e’zozda yashayotgan bobom va buvijonlarimizni hammamiz yaxshi ko’ramiz va hatto talashib ham qolamiz. Buvijonim bilan birga uyimizga nur kirib keladi. Ana shu nur bizni hech qachon tark etmasin!  
“Oliyjanob maqsadlar bilan 2015-yilga qadam qo’yar ekanmiz, biz uchun milliy o’zligimiz timsoliga aylanib ketgan, kattaga-hurmat, kichikka-izzat, mehr-oqibat, shafqat va muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yanada mustahkamlab, ularni jondan aziz farzandlari ong-u shuuriga singdirishga kirib kelayotgan yil muhim, yuksak bir bosqich bo’lishiga ishonaman”        
                                                                                                 Islom Karimov.        Biz ham ana shunday maqsad yo`lida munosib qatnashmog’imiz lozim deb o’ylayman. Bobo va buvijonlarimizni e’zozlaylik. Ming afsus, men mehribon insonim — buvijonimdan ajralganman. Bobom va buvim mahallamiz  faxrlari va doimo shunday bo`ladi. Men bu inshoni buvijonimga bag’ishlab o’zim yozgan “Sog’inganda eslaguvchi  buvijonim” she’ri bilan tugatmoqchiman. Bobo va buvijonlarimiz baxtimizga doimo sog’-u salomat bo’lishsin.
                                      Bemorlarni ko’ngliga yo’l topa olgan,
Kasbini doim sevib-sevib yuradigan,
Bayramida bizni doim kutadigan,
“56”-bahorini ko’rmaganim
                                   Sog’inganda eslaguvchi buvijonim.
 
                   
Namanganviloyati,
Namangantumani,
Sho’rqo’rg’on qishlog’i
8-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining
9-sinf o’quvchisi Usubjanov Abduqodirning
“Mening bobom va buvim-mahallamiz faxri”mavzusida yozgan inshosi.
Tel: +99893-941-16-38